Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 55 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 55 • Oʻzbekcha


إِذْ قَالَ اللَّهُ يَا عِيسَىٰ إِنِّي مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَيَّ وَمُطَهِّرُكَ مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا وَجَاعِلُ الَّذِينَ اتَّبَعُوكَ فَوْقَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ ۖ ثُمَّ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأَحْكُمُ بَيْنَكُمْ فِيمَا كُنْتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ 55
Tarjima:
Alloh: «Ey Iyso, men seni vafot qildiruvchi va O`zimga ko`taruvchiman hamda kufr keltirganlardan seni poklovchiman va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qo`yuvchiman. So`ngra, qaytish joyingiz O`zimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz bo`yicha orangizda O`zim hukm chiqarurman», deganini esla! Oli Imron 3:55
Tafsir:
Allohning makri mana shunday boʻldi. Iyso alayhissalomga xitob qilib, shunday dedi: "Ey Iyso, men seni oʻldirmasdan Oʻzimga qaytaraman, jismingni ham, ruhingni ham Oʻzimga koʻtarib olaman. Seni kofirlarning yomonligidan, nopokligidan ozod qilaman va ulardan uzoqlashtiraman. Haq din (Muhammad alayhissalomga iymon keltirish ham shu haq din jumlasidandir) asosida senga ergashganlarni to qiyomatga qadar kofirlardan hujjatda ham, izzatda ham ustun qilaman. Keyin esa qiyomat kunida yolgʻiz Oʻzimga qaytib kelasizlar. Oʻshanda ixtilof qilgan ishlaringizda haq bilan hukm qilaman.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 54 Keyingi Oli Imron • Oyat 56