Bas, kufr keltirganlarni bu dunyoyu u dunyoda shiddatli azob ila azoblayman. Ularga yordam beruvchilar yo`qdir. Oli Imron 3:56 ⧉
Tafsir:
Senga va sen olib kelgan haqqa kufr keltirganlarni bu dunyoda oʻlim, asirga tushish, xorlik va boshqa balolarga giriftor qilsam, oxiratda doʻzax oʻti bilan azoblayman. Ularni azobdan himoya qiladigan yordamchilari yoʻqdir.