Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 57 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 57 • Oʻzbekcha


وَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ الظَّالِمِينَ 57
Tarjima:
Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini to`liq beradi. Va Alloh zolimlarni xush ko`rmas. Oli Imron 3:57
Tafsir:
Senga va sen olib kelgan haqqa iymon keltirib, namoz, roʻza, zakot, qarindoshchilik rishtalarini bogʻlash va boshqa yaxshi amallarni qilganlarga esa savoblarini kamaytirmasdan toʻla qilib beradi. Iyso alayhissalomning tobelari haqidagi bu gap Muhmmad alayhissalom paygʻambar boʻlib yuborilishidan oldingi davrga aloqador. Bu haqda Iyso alayhissalomning oʻzi xushxabar bergan. Alloh zolimlarni xush koʻrmaydi. Eng katta zulm esa Alloh taologa shirk keltirish va U Zotning paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarishdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 56 Keyingi Oli Imron • Oyat 58