Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 57)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 57

وَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ الظَّالِمِينَ 57 ٥٧

Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini to`liq beradi. Va Alloh zolimlarni xush ko`rmas. (57)

Tafsir
Senga va sen olib kelgan haqqa iymon keltirib, namoz, roʻza, zakot, qarindoshchilik rishtalarini bogʻlash va boshqa yaxshi amallarni qilganlarga esa savoblarini kamaytirmasdan toʻla qilib beradi. Iyso alayhissalomning tobelari haqidagi bu gap Muhmmad alayhissalom paygʻambar boʻlib yuborilishidan oldingi davrga aloqador. Bu haqda Iyso alayhissalomning oʻzi xushxabar bergan. Alloh zolimlarni xush koʻrmaydi. Eng katta zulm esa Alloh taologa shirk keltirish va U Zotning paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarishdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin