Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 59)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 59

إِنَّ مَثَلَ عِيسَىٰ عِنْدَ اللَّهِ كَمَثَلِ آدَمَ ۖ خَلَقَهُ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ قَالَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ 59 ٥٩

Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga o`xshaydir. Uni tuproqdan yaratib, so`ngra unga «Bo`l!» dedi, bas, (u) bo`ldi. (59)

Tafsir
Allohning nazdida Iyso alayhissalomning otasiz yaratilishi xuddi Odam alayhissalomning ota-onasiz yaratilishi kabidir. Oʻshanda Alloh Odamga: "inson boʻlib yaral!" degan edi va u Alloh taolo aytganidek yaralgandi. Qanday qilib otasiz yaratilganini hujjat qilib, uni Xudo deydilar? Axir ular ota-onasiz yaratilgan Odamni inson deydilar-ku?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin