Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 64)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 64

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا إِلَىٰ كَلِمَةٍ سَوَاءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلَّا نَعْبُدَ إِلَّا اللَّهَ وَلَا نُشْرِكَ بِهِ شَيْئًا وَلَا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ ۚ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَقُولُوا اشْهَدُوا بِأَنَّا مُسْلِمُونَ 64 ٦٤

Sen: «Ey, ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar so`zga keling: Allohdan o`zgaga ibodat qilmaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qo`yib, ba'zimiz ba'zimizni Robb qilib olmaylik», degin. Bas, agar yuz o`girsalar: «Guvoh bo`linglar, biz, albatta, musulmonlarmiz», deb aytinglar. (64)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Ey ahli kitob - yahud va nasorolar, kelinglar, hammamiz uning oldida barobar boʻlgan bir odil soʻz asosida birlashaylik, yani, chin mabudlikda Alloh yagona, deb tan olaylik, har qancha martabasi ulugʻ va maqomi oliy boʻlmasin, hech kimni mabudlikda Unga teng koʻrmaylik, bir-birimizni ibodat qilinadigan va itoat etiladigan parvardigor qilib olmaylik". Endi mana shu haqiqat va adolatga chaqirigʻingizdan bosh tortsalar, ey moʻminlar: "Guvoh boʻlinglarki, biz Allohga boʻysunadigan, itoat etadigan, taslim boʻladigan bandalarmiz", deb aytinglar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin