Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 64 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 64 • Oʻzbekcha


قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا إِلَىٰ كَلِمَةٍ سَوَاءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلَّا نَعْبُدَ إِلَّا اللَّهَ وَلَا نُشْرِكَ بِهِ شَيْئًا وَلَا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ ۚ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَقُولُوا اشْهَدُوا بِأَنَّا مُسْلِمُونَ 64
Tarjima:
Sen: «Ey, ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar so`zga keling: Allohdan o`zgaga ibodat qilmaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qo`yib, ba'zimiz ba'zimizni Robb qilib olmaylik», degin. Bas, agar yuz o`girsalar: «Guvoh bo`linglar, biz, albatta, musulmonlarmiz», deb aytinglar. Oli Imron 3:64
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Ey ahli kitob - yahud va nasorolar, kelinglar, hammamiz uning oldida barobar boʻlgan bir odil soʻz asosida birlashaylik, yani, chin mabudlikda Alloh yagona, deb tan olaylik, har qancha martabasi ulugʻ va maqomi oliy boʻlmasin, hech kimni mabudlikda Unga teng koʻrmaylik, bir-birimizni ibodat qilinadigan va itoat etiladigan parvardigor qilib olmaylik". Endi mana shu haqiqat va adolatga chaqirigʻingizdan bosh tortsalar, ey moʻminlar: "Guvoh boʻlinglarki, biz Allohga boʻysunadigan, itoat etadigan, taslim boʻladigan bandalarmiz", deb aytinglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 63 Keyingi Oli Imron • Oyat 65