Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 65)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 65

يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لِمَ تُحَاجُّونَ فِي إِبْرَاهِيمَ وَمَا أُنْزِلَتِ التَّوْرَاةُ وَالْإِنْجِيلُ إِلَّا مِنْ بَعْدِهِ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ 65 ٦٥

Ey, ahli kitoblar, nimaga Ibrohim haqida talashasizlar. Holbuki, Tavrot ham, Injil ham undan keyin tushgan-ku! Aql yuritmaysizlarmi?! (65)

Tafsir
Ey ahli kitob, nima uchun Ibrohim alayhissalomning qaysi dinda boʻlgani haqida talashib-tortishasizlar? Yahudiylar uni yahudiy boʻlgan, desalar, nasroniylar nasroniy boʻlgan, deydilar. Holbuki, yahudiylik ham, nasroniylik ham Ibrohim alayhissalom vafotidan ancha keyin paydo boʻlganini juda yaxshi bilasizlar. Nahotki, gapingiz nohaqligi va davoyingiz puchligiga aqlingiz yetmayotgan boʻlsa?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin