Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 73)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 73

وَلَا تُؤْمِنُوا إِلَّا لِمَنْ تَبِعَ دِينَكُمْ قُلْ إِنَّ الْهُدَىٰ هُدَى اللَّهِ أَنْ يُؤْتَىٰ أَحَدٌ مِثْلَ مَا أُوتِيتُمْ أَوْ يُحَاجُّوكُمْ عِنْدَ رَبِّكُمْ ۗ قُلْ إِنَّ الْفَضْلَ بِيَدِ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَنْ يَشَاءُ ۗ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ 73 ٧٣

Va diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmanglar, toki birortaga sizga berilganga o`xshash narsa berilmasin yoki Robbingiz huzurida siz bilan hujjat talashmasin», derlar. Sen: «Albatta, haqiqiy hidoyat Allohning hidoyatidir», deb ayt. Sen: «Albatta fazl Allohning qo`lida — xohlagan kishisiga beradir. Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir. (73)

Tafsir
Yana dedilar: "Diningizga tobe boʻlganlarnigina tasdiq etinglar". Ey Paygʻambar, ayting: "Haq sari hidoyat sizlarning boshqalar ham sizlardek fazilatli boʻlishidan yoki Parvardigoringiz qoshida sizlarga qarshi hujjat keltirib qolishidan qoʻrqib qilayotgan sarkashligingizu yolgʻonlaringiz bilan emas, Allohning rushdu hidoyati ila boʻlur". Ey Paygʻambar, ayting: "Fazl Allohning qoʻlidadir. Uni Oʻzi istagan bandasiga ato etur. U Zotning fazli bir ummatga tegib, boshqasiga tegmay qolmas. Alloh fazli keng va fazliga kim haqli ekanini biladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin