Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 78)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 78

وَإِنَّ مِنْهُمْ لَفَرِيقًا يَلْوُونَ أَلْسِنَتَهُمْ بِالْكِتَابِ لِتَحْسَبُوهُ مِنَ الْكِتَابِ وَمَا هُوَ مِنَ الْكِتَابِ وَيَقُولُونَ هُوَ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ وَمَا هُوَ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ وَيَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ 78 ٧٨

Ulardan bir guruhlari borki, sizlar kitobdan bo`lmagan narsani kitobdan deb o`ylashingiz uchun kitobni tillarini burib o`qirlar. Va: «U Allohning huzuridandir», derlar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bilib turib, Alloh haqida yolg`on so`zlarlar. (78)

Tafsir
Yahudlardan bir toifasi Alloh tarafidan nozil qilingan Tavrotda yoʻq gaplarni tillarini burib oʻqiydilar. Boshqalar ularni Tavrotni oʻqiyapti, deb gumon qilishlari uchun shunday qiladilar. Aslida esa u Tavrotdan emas, balki ularning yolgʻonlari va Allohga qilgan boʻhtonlaridir. Oʻqiyotganlarimiz Alloh tarafidan nozil qilingan, deydilar. Aslida esa u Alloh tarafidan emas. Ular Alloh haqida bilib turib yolgʻon gapiradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin