Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 78 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 78 • Oʻzbekcha


وَإِنَّ مِنْهُمْ لَفَرِيقًا يَلْوُونَ أَلْسِنَتَهُمْ بِالْكِتَابِ لِتَحْسَبُوهُ مِنَ الْكِتَابِ وَمَا هُوَ مِنَ الْكِتَابِ وَيَقُولُونَ هُوَ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ وَمَا هُوَ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ وَيَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ 78
Tarjima:
Ulardan bir guruhlari borki, sizlar kitobdan bo`lmagan narsani kitobdan deb o`ylashingiz uchun kitobni tillarini burib o`qirlar. Va: «U Allohning huzuridandir», derlar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bilib turib, Alloh haqida yolg`on so`zlarlar. Oli Imron 3:78
Tafsir:
Yahudlardan bir toifasi Alloh tarafidan nozil qilingan Tavrotda yoʻq gaplarni tillarini burib oʻqiydilar. Boshqalar ularni Tavrotni oʻqiyapti, deb gumon qilishlari uchun shunday qiladilar. Aslida esa u Tavrotdan emas, balki ularning yolgʻonlari va Allohga qilgan boʻhtonlaridir. Oʻqiyotganlarimiz Alloh tarafidan nozil qilingan, deydilar. Aslida esa u Alloh tarafidan emas. Ular Alloh haqida bilib turib yolgʻon gapiradilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 77 Keyingi Oli Imron • Oyat 79