Allohning ahdini va o`z qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta, ana o`shalarga oxiratda nasiba yo`qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor. Ali 'Imran 3:77 ⧉
Tafsir:
Alloh taoloning Oʻz paygʻambarlarini yuborib, Oʻz kitobida nozil qilgan hukmlariga amal qilish haqidagi farmonini va bergan ahdlarini dunyoning arzimas matosiga almashtiradiganlar uchun oxirat savobidan hech qanday nasiba yoʻqdir. Qiyomat kuni Alloh ular bilan ularni xursand qiladigan tarzda gaplashmaydi, ularga rahmat nazari bilan qaramaydi, ularni kufru masiyatlardan poklamaydi va ular uchun alamli azob bordir.