Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 79 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 79 • Oʻzbekcha


مَا كَانَ لِبَشَرٍ أَنْ يُؤْتِيَهُ اللَّهُ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ ثُمَّ يَقُولَ لِلنَّاسِ كُونُوا عِبَادًا لِي مِنْ دُونِ اللَّهِ وَلَٰكِنْ كُونُوا رَبَّانِيِّينَ بِمَا كُنْتُمْ تُعَلِّمُونَ الْكِتَابَ وَبِمَا كُنْتُمْ تَدْرُسُونَ 79
Tarjima:
Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni va Payg`ambarlikni berganidan so`ng, u odamlarga: «Allohni ko`yib menga banda bo`linglar», deyishi aslo mumkin emas. Lekin odamlarga: «Kitobni o`rgatganingiz va o`zingiz o`rganganingiz asosida Robboniylar bo`ling», deydi. Oli Imron 3:79
Tafsir:
Bir odamga Alloh Kitob nozil qilib, unga ilm, fahm-farosat berib, paygʻambarlikka saylasayu, u esa odamlarga "Allohga emas, menga bandalik qilinglar", deyishi hargiz joiz emas. Aksincha, ularga: "U Zot sizlarga Kitobni oʻrgatdi, Undan bilim va fahm-farosatni oʻrgandingiz, bas, endi ilmiga amal qiladigan, odamlarni tarbiyalaydigan, ularning ishlarini isloh qiladigan olimlar boʻlingiz", demogʻi lozim.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 78 Keyingi Oli Imron • Oyat 80