Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 79)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 79

مَا كَانَ لِبَشَرٍ أَنْ يُؤْتِيَهُ اللَّهُ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ ثُمَّ يَقُولَ لِلنَّاسِ كُونُوا عِبَادًا لِي مِنْ دُونِ اللَّهِ وَلَٰكِنْ كُونُوا رَبَّانِيِّينَ بِمَا كُنْتُمْ تُعَلِّمُونَ الْكِتَابَ وَبِمَا كُنْتُمْ تَدْرُسُونَ 79 ٧٩

Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni va Payg`ambarlikni berganidan so`ng, u odamlarga: «Allohni ko`yib menga banda bo`linglar», deyishi aslo mumkin emas. Lekin odamlarga: «Kitobni o`rgatganingiz va o`zingiz o`rganganingiz asosida Robboniylar bo`ling», deydi. (79)

Tafsir
Bir odamga Alloh Kitob nozil qilib, unga ilm, fahm-farosat berib, paygʻambarlikka saylasayu, u esa odamlarga "Allohga emas, menga bandalik qilinglar", deyishi hargiz joiz emas. Aksincha, ularga: "U Zot sizlarga Kitobni oʻrgatdi, Undan bilim va fahm-farosatni oʻrgandingiz, bas, endi ilmiga amal qiladigan, odamlarni tarbiyalaydigan, ularning ishlarini isloh qiladigan olimlar boʻlingiz", demogʻi lozim.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin