Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 7)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U senga kitobni tushirgan Zotdir. Unda muhkam — oydin oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih oyatlar ham bor. Qalblarida hidoyatdan og`ish borlar fitna maqsadida va uni ta'viyl qilish maqsadida undan mutashobih bo`lganiga ergashadir. Uning ta'viylini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit bo`lganlar esa: Unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslarlar. (7)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, Alloh shunday Zotdirki, sizga Quonni nozil qildi. Unda hech qanday chalkashligi yoʻq, aniq-ravshan manolar taraladigan muhkam oyatlar bor. Bu oyatlar Quronning asosi va katta qismini tashkil qiladi. Ixtiloflar chogʻida aynan shu oyatlarga murojaat qilinadi. Ayni paytda bir necha xil manolarni anglatadigan mutashobih oyatlar ham borki, koʻp odamlarga qaysi manoda kelayotganini anglashda chigallik yuzaga keladi. Qalbida marazi - haq yoʻldan ogʻish boʻlgan kimsalar oyatlarning muhkamini qoʻyib, mutashobihini oladilar. Bu bilan shubha qoʻzgʻash, odamlarni yoʻldan ozdirish va oʻz havoyi nafslariga toʻgʻri keladigan tarzda tavil-tafsir qilishni koʻzlaydilar. Aslida bu oyatlarning manolarini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Ilmda mustahkam boʻlgan zotlar esa: "Quronning hammasiga iymon keltirdik, hammasi Parvardigorimiz tarafidan nozil boʻlgan", deydilar. Mutashobih oyatlarni muhkam oyatlar bilan tafsir qiladilar. Sogʻlom aqli borlargina eslatma-nasihatga quloq soladilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: