Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 98)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 98

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لِمَ تَكْفُرُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَاللَّهُ شَهِيدٌ عَلَىٰ مَا تَعْمَلُونَ 98 ٩٨

Ey, ahli kitoblar, nega Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?! Holbuki, Alloh qilayotganlaringizga guvoh-ku. (98)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Ey ahli kitob - yahud va nasorolar, nima uchun mening chin paygʻambar ekanimni koʻrsatuvchi hujjatlarni rad etasizlar?! Ulardan ayrimlari Tavrot va Injilda ham kelgan-ku! Alloh qilayotgan ishlaringizdan ogoh boʻlib, ularga guvoh boʻlib turibdi. Yaqinda amalingizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin