Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 99)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, ahli kitoblar! Nega iymon keltirganlarni Allohning yo`lidan to`sib, qaytarasiz?! O`zingiz shohid bo`lib turib, u(yo`l)ning qing`ir bo`lishini xohlaysiz! Alloh qilayotgan ishlaringizdan g`ofil emasdir. (99)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Ey ahli kitob - yahud va nasorolar, nima uchun iymon keltirib turgan odamlarni Allohning dinidan qaytarasizlar? Ularni haqdan botilga, hidoyatdan zalolatga burmoqchi boʻlasizlar? Axir bu dinning haqligini kitoblaringiz tasdiqlab turibdi-ku! Alloh qilayotgan ishlaringizdan, kufr keltirayotganingizdan, Allohning yoʻlidan toʻsayotganingizdan bexabar emas-ku! Yaqinda amallaringizga yarasha jazo beradi".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: