Sura Ar-Rum (Rumliklar — الروم) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




30 Ar-Rum(الروم), Oyat 21

وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَ لَكُمْ مِنْ أَنْفُسِكُمْ أَزْوَاجًا لِتَسْكُنُوا إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُمْ مَوَدَّةً وَرَحْمَةً ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ 21 ٢١

Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o`zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qo`ygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. (21)

Tafsir
Ey erkaklar, Uning qudrati va yagonaligiga dalolat qiladigan buyuk oyatlaridan yana biri shuki, sizlarga oʻzlaringizdan juftlaringizni yaratdi. Toki, oʻshalar bilan taskin topinglar, orom olinglar. Orangizda esa oshnolik va mehr-muhabbat paydo qildi. Albatta, bu ishda fikr yuritadigan qavm uchun oyatlar bordir. Zero, fikr yurita oladigan zotlargina aqllaridan unumli foydalana oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin