Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va Uning oyatlaridan sizga qo`rquv va umid uchun chaqmoqni ko`rsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o`lgandan keyin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir. (24)
Tafsir
Uning qudrati va yagonaligiga dalolat qiladigan buyuk oyatlaridan yana biri shuki,sizlarga samoda yashinni koʻrsatadi. Uni gumburlashidan qoʻrqib va yomgʻir yogʻishidan umidvor boʻlib tomosha qilasizlar. Sizlar uchun osmondan yomgʻir yogʻdirib, u bilan oʻlib qolgan yerni tiriltiradi, oʻsimliklarni undirib chiqaradi. Bu ishda aqlini ishlatadigan zotlar uchun qayta tirilish va jazo yoki mukofot olish kabi ishlar haq ekaniga dalolat qiluvchi belgilar bordir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: