Sura Rum (Rumliklar — الروم) (Oyat 25)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




30 Rum(الروم), Oyat 25

وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ تَقُومَ السَّمَاءُ وَالْأَرْضُ بِأَمْرِهِ ۚ ثُمَّ إِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةً مِنَ الْأَرْضِ إِذَا أَنْتُمْ تَخْرُجُونَ 25 ٢٥

Uning oyat-belgilaridan, osmonlaru yer Uning amri ila turishidir. So`ngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar. (25)

Tafsir
Alloh taoloning qudrati va yagonaligiga dalolat qiladigan belgilardan yana biri shuki, U Zotning amri ila samo tushib ketmasdan, yer parchalanib ketmasdan turadi. Keyin Isrofil farishta Sur karnayini chalishi bilan U Zot sizlarni yotgan yeringizdan chaqirganida hammangiz qabrlaringizdan hisob va jazo yoki mukofot uchun chiqib kelasizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin