Sura Rum (Rumliklar — الروم) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




30 Rum(الروم), Oyat 27

وَهُوَ الَّذِي يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ وَهُوَ أَهْوَنُ عَلَيْهِ ۚ وَلَهُ الْمَثَلُ الْأَعْلَىٰ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ 27 ٢٧

U maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, bu Unga juda osondir. Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir. U aziyz va hakiym Zotdir. (27)

Tafsir
Alloh shunday Zotki, Oʻzi yoʻqdan bor qiladi, yoʻq qilganidan keyin yana qayta yaratadigan ham Oʻzi. Qayta yaratish yoʻqdan bor qilishdan osonroq. Har ikki ish U Zot uchun juda yengil. Zero, U Zot qaysi bir ishni istasa, "Boʻl", deydi, tamom, u boʻlaveradi. Ulugʻlik va komillik sifatlarining eng oliysi Unikidir. U Azizdirki, hech kim, hech narsa Undan gʻolib boʻla olmas. U har bir yaratishini, tadbirini bir hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin