Sura Rum (Rumliklar — الروم) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




30 Rum(الروم), Oyat 28

ضَرَبَ لَكُمْ مَثَلًا مِنْ أَنْفُسِكُمْ ۖ هَلْ لَكُمْ مِنْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ مِنْ شُرَكَاءَ فِي مَا رَزَقْنَاكُمْ فَأَنْتُمْ فِيهِ سَوَاءٌ تَخَافُونَهُمْ كَخِيفَتِكُمْ أَنْفُسَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ 28 ٢٨

U sizga o`zingizdan misol keltirdi. Sizlarning qo`lingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng bo`lib, ular(haqi)da ham o`z(haq)ingizda qo`rqqaningizdek qo`rqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz. (28)

Tafsir
Ey mushriklar, Alloh oʻzlaringizdan olib, bir misol zarb etdi. Qoʻl ostingizdagi qullaringizdan sizning mol-mulkingizga teppa-teng sheriklik qiladiganlari bormi va sizlar mol-mulkni taqsimlashda ulardan xuddi hur sherikdan qoʻrqqandek qoʻrqasizlarmi? Qullaringiz mana shunday boʻlsalar, rozi boʻlib ketaverasizlarmi? Rozi boʻlmasligingiz aniq. Sheriksiz boʻlishga Alloh haqliroq. U Zot Oʻz mulkida yagonadir. Biz bunday hujjat, dalillarni aqlini ishlatadigan qavm uchun bayon qilamiz. Chunki oʻshalargina undan foydalana oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin