Sura Rum (Rumliklar — الروم) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




30 Rum(الروم), Oyat 33

وَإِذَا مَسَّ النَّاسَ ضُرٌّ دَعَوْا رَبَّهُمْ مُنِيبِينَ إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَا أَذَاقَهُمْ مِنْهُ رَحْمَةً إِذَا فَرِيقٌ مِنْهُمْ بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ 33 ٣٣

Qachon odamlarga zarar yetsa, Robbilarining O`zigagina qaytib, duo qilurlar. So`ngra U ularga O`zidan rahmat tottirganda, ko`ribsanki, ulardan ba'zi guruhlari Robbilariga shirk keltirurlar. (33)

Tafsir
Mushriklarga kasallik, yetishmovchilik, qahatchilik kabi biron zahmat yetsa, yolgʻiz Allohning Oʻziga yuzlanib, duo-iltijolar qiladilar. Alloh ularga rahm qilib, ziyon-zahmatni daf qilganidan keyin esa qarabsizki, ulardan bir guruhi Allohga shirk keltirib oʻtiribdilar-da.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin