Sura Luqman (Luqmon — لقمان) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




31 Luqman(لقمان), Oyat 12

وَلَقَدْ آتَيْنَا لُقْمَانَ الْحِكْمَةَ أَنِ اشْكُرْ لِلَّهِ ۚ وَمَنْ يَشْكُرْ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِ ۖ وَمَنْ كَفَرَ فَإِنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ 12 ١٢

Batahqiq, Biz Luqmonga: «Allohga shukr qil. Kim shukr qilsa, o`zi uchun qiladir. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir», deb hikmatni berdik. (12)

Tafsir
Biz Luqmonga diniy bilimni va barcha ishlarda toʻgʻri yoʻl tuta bilishni ato etdik va unga shunday dedik: "Ey Luqmon, Parvardigoring bergan nematlari uchun Unga shukr qil. Kim Parvardigoriga shukr qilsa, oʻzi uchun qiladi. Zero, Alloh uning shukridan Behojat. Kim Allohning nematlariga nonkoʻrlik qilsa, uning zarari ham oʻziga boʻladi. Allohga zarar qila olmaydi. Zero, Alloh hamma maxluqotlardan Behojat va har qanday holatda maqtovga loyiq Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin