Sura Luqman (Luqmon — لقمان) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




31 Luqman(لقمان), Oyat 20

أَلَمْ تَرَوْا أَنَّ اللَّهَ سَخَّرَ لَكُمْ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَأَسْبَغَ عَلَيْكُمْ نِعَمَهُ ظَاهِرَةً وَبَاطِنَةً ۗ وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يُجَادِلُ فِي اللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَلَا هُدًى وَلَا كِتَابٍ مُنِيرٍ 20 ٢٠

Alloh sizlarga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni beminnat xizmatkor qilib qo`yganini va sizga zohiriy va botiniy ne'matlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?! Odamlar orasida ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz (bo`la turib) Alloh haqida tortishadiganlari ham bor. (20)

Tafsir
Ey odamlar, Alloh sizlarga osmonlardagi quyosh, oy, yulduzlarni, yerdagi hayvonot va nabotot olamini yaratib, ulardan foydalanish imkonini sizlarga berib qoʻyganini koʻrmayapsizlarmi?! Sizlarning tashqi qiyofangizni goʻzal aylab, aql, ilm kabi botiniy nematlarni ham ato etib, nematini yanada toʻla qilib berdi. Shuncha nematlar ichida boʻlishiga qaramasdan, ayrim insonlar na bir vahiyga, na bir yorqin aqlga va na bir ochiq kitobga ega boʻlmay turib, Allohning tavhidi haqida mujodala qiladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin