Sura As-Sajdah (Sajda — السجدة) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




32 As-Sajdah(السجدة), Oyat 14

فَذُوقُوا بِمَا نَسِيتُمْ لِقَاءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا إِنَّا نَسِينَاكُمْ ۖ وَذُوقُوا عَذَابَ الْخُلْدِ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 14 ١٤

«Bas, totib ko`ringlar, ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik. Qilib o`tgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!» deyilur. (14)

Tafsir
Ularga Qiyomat kuni qattiq zarda bilan shunday deyiladi: "Dunyo hayotida Qiyomat kuni Alloh bilan boʻladigan uchrashuvni unutganingiz tufayli azobni totinglar! Biz ham sizlarni tark qilib, azobu uqubatga tashlab qoʻyamiz. Azob chekayotganingizga parvo qilmaymiz. Oʻsha dunyoda gunohlar sodir etganingiz tufayli, mana endi tuganmas, mangu azobni totinglar!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin