Sura Ahzob (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 17)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Ahzob(الأحزاب), Oyat 17

قُلْ مَنْ ذَا الَّذِي يَعْصِمُكُمْ مِنَ اللَّهِ إِنْ أَرَادَ بِكُمْ سُوءًا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ رَحْمَةً ۚ وَلَا يَجِدُونَ لَهُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا 17 ١٧

Sen: «Agar sizga Alloh yomonlikni iroda qilsa yoki sizga rahmatni iroda qilsa, sizlarni Undan to`sadigan kim bor?!» deb ayt. Ular o`zlariga Allohdan o`zga do`st va yordam berguvchi topa olmaslar. (17)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Agar Alloh sizlarga oʻzlaringiz yoqtirmayotgan oʻlimni iroda qilsa yoki sizlarga yoqadigan salomatlikni istasa, kim Allohning istagiga qarshi bora oladi? Hech kim! U munofiqlar oʻzlariga Allohdan boshqa panoh ham, Allohning azobidan qutqarib qoladigan xaloskor ham topa olmaslar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin