Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Biz ular bilan O`zimiz barakali qilgan shaharlar orasida ketma-ket qishloqlar qilib, ular orasidagi yurishni o`lchovli etib qo`ygan va «Ularda kechalar ham, kunduzlar ham omonlik-la yuravering», (degan edik). (18)
Tafsir
Yamandagi Saba aholisi bilan Oʻzimiz barakotli qilib qoʻygan Shom shaharlari orasida bir-biriga yaqin qishloqlarni barpo qildik. Yurish yoʻllarini belgilab qoʻydik. Bir qishloqdan ikkinchisiga, to Shomgacha mashaqqatsiz bora oladigan boʻldilar. Ularga shunday dedik: "U yerlarda kechasi ham, kunduzi ham dushmanga duch kelib qolish, och qolish, chanqab qolish kabi xavfu xatarlardan xoli, tinch-omon holda istaganinglarcha yuraveringlar".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: