Sura Ahzob (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Ahzob(الأحزاب), Oyat 18

قَدْ يَعْلَمُ اللَّهُ الْمُعَوِّقِينَ مِنْكُمْ وَالْقَائِلِينَ لِإِخْوَانِهِمْ هَلُمَّ إِلَيْنَا ۖ وَلَا يَأْتُونَ الْبَأْسَ إِلَّا قَلِيلًا 18 ١٨

Batahqiq, Alloh ichingizdagi (jiddu jahdga) to`siqlik qilguvchilarni ham va o`z birodarlariga: «Biz tomon keling», deyuvchilarni ham bilur. Ular jangga kelmaslar, illo, ozgina kelurlar. (18)

Tafsir
Alloh orangizdagi Paygʻambar tarafida turib jang qilishdan qaytarib, sheriklariga: "Biz tomonga oʻtinglar, jang qilmanglar, qatl qilinishingizdan xavotirdamiz", deydigan kimsalarni yaxshi biladi. Bu sharmandalar jangda qatnashmaydilar. Qatnashsalar ham Alloh.va Paygʻambarga yordam berish uchun emas, oʻz obroʻlarini saqlab qolish uchun goh-gohida qatnashib qoʻyadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin