Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ular ahzoblarni ketmagan deb hisoblarlar. Agar ahzoblar yana kelsalar, ular a'robiylar ichida, cho`lda bo`lib, sizning xabaringizni so`rab turishni orzu qilurlar. Agar sizning ichingizda bo`lganlarida ham, kamdan-kam jang qilgan bo`lur edilar. (20)
Tafsir
Bu qoʻrqoqlar Paygʻambar alayhissalomga qarshi jang qilish uchun kelgan firqalar hali ketmagan, ular to moʻminlarni qirib tashlamaguncha ketmaydilar, deb oʻylaydilar. Agar oʻsha firqalar yana bir marta qaytib kelishga qodir boʻlsalar, anavi munofiqlar Madinadan chiqib, sahroyi arablarga qoʻshilib, sizlar haqingizdagi xabarlardan ogoh boʻlib turishni istaydilar. Ey moʻminlar, ular sizlar bilan birga boʻlgan taqdirda ham koʻp jang qilmaydilar. Shunday boʻlgach, ularga parvo qilmanglar, ular uchun afsuslanmanglar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: