Sura Ahzob (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Ahzob(الأحزاب), Oyat 21

لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِمَنْ كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّهَ كَثِيرًا 21 ٢١

Batahqiq, sizlar uchun, Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo`lganlar uchun va Allohni ko`p zikr qilganlar uchun Rasulullohda go`zal o`rnak bor edi. (21)

Tafsir
Sizlar uchun Paygʻambar alayhissolatu vassalomning har bir aytgan gapida, qilgan ishida goʻzal namuna bordir. Axir u zotning oʻzlari kelib, jangda qatnashmadilarmi? Shundan keyin ham joningizni ayaysizlarmi? Allohdan va oxirat kunidan umidvor boʻlgan hamda Allohni koʻp eslaydigan zotlargina Paygʻambar alayhissalomdan oʻrnak ola biladilar. Allohni eslamaydigan va U Zotdan umidvor boʻlmaganlar uchun esa Paygʻambar alayhissolatu vassalom namuna boʻlmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin