Sura Ahzob (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Ahzob(الأحزاب), Oyat 27

وَأَوْرَثَكُمْ أَرْضَهُمْ وَدِيَارَهُمْ وَأَمْوَالَهُمْ وَأَرْضًا لَمْ تَطَئُوهَا ۚ وَكَانَ اللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرًا 27 ٢٧

Va sizlarga ularning yerini, hovli-joylarini, molu mulklarini va qadamingiz yetmagan yerni meros qilib berdi. Alloh har bir narsaga qodir Zotdir. (27)

Tafsir
Alloh ularni halok qilganidan keyin sizlarni ularning ekinzorlariga, bogʻlariga, uy-joylariga, mol-dunyolariga hamda hali qadamingiz yetmagan Xaybar yeriga ega qildi. Yaqinda uni ham qoʻlga kiritasizlar. Bu moʻminlarga berilgan vada va xushxabardir. Alloh har ishga Qodirdir. U Zotning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻqdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin