Va sizlarga ularning yerini, hovli-joylarini, molu mulklarini va qadamingiz yetmagan yerni meros qilib berdi. Alloh har bir narsaga qodir Zotdir. Al-Ahzab 33:27 ⧉
Tafsir:
Alloh ularni halok qilganidan keyin sizlarni ularning ekinzorlariga, bogʻlariga, uy-joylariga, mol-dunyolariga hamda hali qadamingiz yetmagan Xaybar yeriga ega qildi. Yaqinda uni ham qoʻlga kiritasizlar. Bu moʻminlarga berilgan vada va xushxabardir. Alloh har ishga Qodirdir. U Zotning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻqdir.