Ey Nabiy, jufti halollaringga: «Agar bu dunyo hayotini va uning ziynatini iroda qilsangiz, kelinglar, sizlarni bahramand qilay va chiroyli bo`shatish ila bo`shatib qo`yay. Al-Ahzab 33:28 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayollaringiz sarf-xarajat masalasida kenglikni talab qilsalar va sizda ularning talabiga yarasha mablagʻ boʻlmasa, ularga ayting: "Agar sizlar shu dunyo hayotini va uning zebu ziynatlarini istaydigan boʻlsangiz, kelinglar, sizlarga taloq qilingan ayolga beriladigan mablagʻni beray-da, hech kimga ozor boʻlmaydigan bir tarzda javoblaringizni beray".