Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, Nabiyning ayollari! Sizlar ayollardan birortasi kabi emassiz. Agar taqvo qilsangiz, mayin so`z qilmang, yana, qalbida kasali bor bo`lgan tama' qilib yurmasin. Gapirganda yaxshi gapni gapiringlar. (32)
Tafsir
Ey Muhammad alayhissalomning ayollari, sizlar fazlu sharafda boshqa ayollar kabi emassizlar. Agar Allohning buyruqlarini bajarib, taqiqlaridan tiyilsangizlar, hech bir ayol fazlu sharaf bobida sizlarga tenglasha olmaydi. Shunday boʻlgach, begona erkaklarga muloyim boʻlib, ovozingizni mayin qilmang. Toki, qalbida marazi, harom istagi bor pastkashlar niyati buzilib, xomtama boʻlib yurmasinlar. Odamni shubhaga soladigan tarzda gapirishdan yiroqlashinglar, jiddiy boʻlinglar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: