Sura Al-Ahzab (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 35)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Al-Ahzab(الأحزاب), Oyat 35

إِنَّ الْمُسْلِمِينَ وَالْمُسْلِمَاتِ وَالْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَالْقَانِتِينَ وَالْقَانِتَاتِ وَالصَّادِقِينَ وَالصَّادِقَاتِ وَالصَّابِرِينَ وَالصَّابِرَاتِ وَالْخَاشِعِينَ وَالْخَاشِعَاتِ وَالْمُتَصَدِّقِينَ وَالْمُتَصَدِّقَاتِ وَالصَّائِمِينَ وَالصَّائِمَاتِ وَالْحَافِظِينَ فُرُوجَهُمْ وَالْحَافِظَاتِ وَالذَّاكِرِينَ اللَّهَ كَثِيرًا وَالذَّاكِرَاتِ أَعَدَّ اللَّهُ لَهُمْ مَغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًا 35 ٣٥

Albatta, muslimlar va muslimalar, mo`minlar va mo`minalar, davomli itoatkor erkaklar va davomli itoatkor ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, xushu'li erkaklar va xushu'li ayollar, sadaqa qilguvchi erkaklar va sadaqa qilguvchi ayollar, ro`za tutguvchi erkaklar va ro`za tutguvchi ayollar, farjlarini saqlovchi erkaklar va (farjlarini) saqlovchi ayollar, Allohni ko`p zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni ko`p) zikr qilguvchi ayollar — o`shalarga Alloh mag`firatni va ulug` ajrni tayyorlab qo`ygandir. (35)

Tafsir
Alloh taolo toat bilan oʻzini kamtar tutadigan, Allohni tan oladigan, Allohga itoat etadigan, iymonida ham, gap-soʻzida ham sadoqatini koʻrsatib beradigan, toat bobida ham, gunohdan tiyilish bobida ham, sinov onida ham sabr qiladigan, farzu nafl sadaqalarni beradigan, farzu nafl roʻzalarni tutadigan, nomahramlardan avratlarini yashirib, zinoga olib boradigan holatlardan oʻzini olib qochadigan, dilida ham, tilida ham, yashirin ham, oshkora ham Allohni koʻp eslaydigan erkak va ayollar uchun qiyomat kunida bir buyuk savob tayyorlab qoʻygan. U - jannatdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin