Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Batahqiq, Alloh Payg`ambarining, qiyinchilik vaqtida ergashgan muhojir va ansorlarning tavbasini qabul qildi. Ulardan ba'zilarining qalblari toyib ketay degandan so`ng tavbalarini qabul qildi. Albatta, U Zot ularga marhamatli va mehribondir. (117)
Tafsir
Alloh paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning munofiqlarga Tabuk gʻazotiga chiqmaslikka izn berganini kechirdi, tavbasini qabul qildi. Havo juda issiq, tayyorgarlik haminqadar, dushman esa oʻta qudratli boʻlishiga qaramasdan, Paygʻambarga ergashib, gʻazotga chiqqan muhojir va ansorlarning ham tavbasini qabul qildi. Ulardan bir guruhining qalblari toyilayozib, oʻta qattiq mashaqqatni koʻrib, gʻazotga chiqmaslikni ham oʻylab qolgandilar. Keyin Alloh ularga sabot berib, gʻazotga chiqishga muvaffaq ayladi, tavbalarini qabul qildi. Alloh moʻminlarga Mehribon Zotdir. Ulardan tavbalarini qabul qilishi ana shu marhamatining bir koʻrinishidir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: