Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Nabiyga Alloh unga farz qilgan narsada biron tanglik bo`lmas. Bu — oldin o`tganlar haqida ham Alloh tutgan yo`ldir. Allohning amri belgilangan qadar bo`ldi. (38)
Tafsir
Alloh Muhammad alayhissalomga asrandi oʻgʻlining xotiniga uylanishni halol qildi. Shunday boʻlgach, bu ishda u zotga hech qanday noqulaylik yoki gunoh boʻlmaydi. Bu bilan u kishi oldingi paygʻambarlarning yoʻliga ergashgan boʻladi. Oʻzicha bir yangilik yasagan boʻlmaydi. Asrandi bolaning pushti kamardan boʻlgan bola kabi boʻlmasligi va uning taloq qilgan xotiniga uylanishning mumkinligi Allohning hukmidir. Bu ishda Paygʻambar alayhissalomning fikri yoki ixtiyori yoʻq. Bu Alloh chiqarib qoʻygan hukm. Uni hech qanaqasiga rad etib boʻlmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: