Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ahzab — Oyat 38 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ahzab • Oyat 73 dan 38 • Oʻzbekcha


مَا كَانَ عَلَى النَّبِيِّ مِنْ حَرَجٍ فِيمَا فَرَضَ اللَّهُ لَهُ ۖ سُنَّةَ اللَّهِ فِي الَّذِينَ خَلَوْا مِنْ قَبْلُ ۚ وَكَانَ أَمْرُ اللَّهِ قَدَرًا مَقْدُورًا 38
Tarjima:
Nabiyga Alloh unga farz qilgan narsada biron tanglik bo`lmas. Bu — oldin o`tganlar haqida ham Alloh tutgan yo`ldir. Allohning amri belgilangan qadar bo`ldi. Al-Ahzab 33:38
Tafsir:
Alloh Muhammad alayhissalomga asrandi oʻgʻlining xotiniga uylanishni halol qildi. Shunday boʻlgach, bu ishda u zotga hech qanday noqulaylik yoki gunoh boʻlmaydi. Bu bilan u kishi oldingi paygʻambarlarning yoʻliga ergashgan boʻladi. Oʻzicha bir yangilik yasagan boʻlmaydi. Asrandi bolaning pushti kamardan boʻlgan bola kabi boʻlmasligi va uning taloq qilgan xotiniga uylanishning mumkinligi Allohning hukmidir. Bu ishda Paygʻambar alayhissalomning fikri yoki ixtiyori yoʻq. Bu Alloh chiqarib qoʻygan hukm. Uni hech qanaqasiga rad etib boʻlmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ahzab • Oyat 37 Keyingi Al-Ahzab • Oyat 39