Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahzob — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Ahzob • Oyat 73 dan 37 • Oʻzbekcha


وَإِذْ تَقُولُ لِلَّذِي أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَأَنْعَمْتَ عَلَيْهِ أَمْسِكْ عَلَيْكَ زَوْجَكَ وَاتَّقِ اللَّهَ وَتُخْفِي فِي نَفْسِكَ مَا اللَّهُ مُبْدِيهِ وَتَخْشَى النَّاسَ وَاللَّهُ أَحَقُّ أَنْ تَخْشَاهُ ۖ فَلَمَّا قَضَىٰ زَيْدٌ مِنْهَا وَطَرًا زَوَّجْنَاكَهَا لِكَيْ لَا يَكُونَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ حَرَجٌ فِي أَزْوَاجِ أَدْعِيَائِهِمْ إِذَا قَضَوْا مِنْهُنَّ وَطَرًا ۚ وَكَانَ أَمْرُ اللَّهِ مَفْعُولًا 37
Tarjima:
Esla, Alloh ne'mat bergan va sen ham ne'mat bergan shaxsga: «Juftingni o`zing ila tutib tur va Allohga taqvo qil», der eding. Va ichingda Alloh oshkor qilguvchi bo`lgan narsani maxfiy tutarding va odamlardan qo`rqarding, holbuki, Allohdan qo`rqmog`ing haqliroq edi. Qachonki Zayd undan o`z hojatini ado etgach, Biz seni unga uylantirdik. Toki, mo`minlarga o`z asrandi bolalari xotinlarida, ulardan hojatlarini ado qilishgach, tanglik bo`lmasin deb. Va Allohning amri amal qilinishi lozim bo`lgandir. Ahzob 33:37
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Zayd ibn Horisaga Alloh Islom nematini ato etgan boʻlsa, siz ozodlik nematini ato etgandingiz. U oldingizga ayoli Jahshning qizi Zaynabni taloq qilish haqida maslahat soʻrab kelganida: "Ayolingni ushlab qol, qoʻyib yuborma, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qil", deyapsiz. Ey Paygʻambar, ichingizda esa Zaynabga uylanishingiz haqidagi Alloh yuborgan vahiyni yashiryapsiz. Alloh yaqinda bu ishni oshkor qilib, Zayd ayolini taloq qiladi va siz unga uylanasiz. Bu borada qoʻrqishingizga Alloh haqliroqdir. Zaydning koʻngli yorishib, bir qarorga kelgach, ayolini taloq qildi va sizni unga uylantirdik. Toki, moʻminlar asrandi oʻgʻillari ayollarini taloq qilgan paytida ularga bemalol, hech bir harajsiz, tangliksiz uylana olsinlar. Allohning amri aniq bajariladigan ishdir. Uni hech bir kuch toʻxtatib qololmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahzob • Oyat 36 Keyingi Ahzob • Oyat 38