Sura Al-Ahzab (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 39)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Al-Ahzab(الأحزاب), Oyat 39

الَّذِينَ يُبَلِّغُونَ رِسَالَاتِ اللَّهِ وَيَخْشَوْنَهُ وَلَا يَخْشَوْنَ أَحَدًا إِلَّا اللَّهَ ۗ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ حَسِيبًا 39 ٣٩

Ular Allohning elchiligini yetkazadigan, Undangina qo`rqadigan, Allohdan boshqa hech kimdan qo`rqmaydigan zotlardir. Allohning O`zi hisob qilguvchilikka kifoyadir. (39)

Tafsir
Alloh nozil qilgan risolatlarni ummatlarga yetkazadigan paygʻambarlar Alloh taolodan boshqa hech kimdan qoʻrqmaydilar. Alloh halol qilgan ishni bajarayotganlarida odamlarning gap-soʻzlariga parvo qilmaydilar. Bandalarning qilgan ishlarini saqlab qoʻyib, keyin oʻsha ishlardan hisob olish hamda jazo yoki mukofot berish borasida Allohning Oʻzi kifoyadir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin