Sura Al-Ahzab (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 52)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Al-Ahzab(الأحزاب), Oyat 52

لَا يَحِلُّ لَكَ النِّسَاءُ مِنْ بَعْدُ وَلَا أَنْ تَبَدَّلَ بِهِنَّ مِنْ أَزْوَاجٍ وَلَوْ أَعْجَبَكَ حُسْنُهُنَّ إِلَّا مَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ رَقِيبًا 52 ٥٢

Senga bundan boshqa ayollar halol bo`lmas va ularga boshqa zavjalarni almashtirishing ham bo`lmas. Agar o`shalarning husni seni ajablantirsa ham. Magar qo`lingda mulk bo`lgan (cho`ri) bo`lsa mumkin. Alloh har bir narsani kuzatib turguvchi Zotdir. (52)

Tafsir
Ey Paygʻambar, bundan keyin nikohingizdagi ayollaringizdan boshqa ayollarga uylanishingiz joiz emas. Garchi husni jamoli sizni maftun etsa-da, ulardan biriga uylanish uchun oʻz ayollaringizdan birini taloq qilishingiz ham halol emas. Qoʻl ostingizdagi choʻrilardan esa hech bir qaydsiz istaganingizcha foydalanishingiz mumkin. Alloh hamma narsani kuzatib turguvchidir. Bu hukm moʻminlar onalarining boshqa ayollardan fazilatliroq ekanini koʻrsatib turibdi. Zero, ularni taloq qilish ham, ularning ustiga uylanish ham man qilindi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin