Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahzob — Oyat 52 (Oʻzbekcha) — Video

Ahzob • Oyat 73 dan 52 • Oʻzbekcha


لَا يَحِلُّ لَكَ النِّسَاءُ مِنْ بَعْدُ وَلَا أَنْ تَبَدَّلَ بِهِنَّ مِنْ أَزْوَاجٍ وَلَوْ أَعْجَبَكَ حُسْنُهُنَّ إِلَّا مَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ رَقِيبًا 52
Tarjima:
Senga bundan boshqa ayollar halol bo`lmas va ularga boshqa zavjalarni almashtirishing ham bo`lmas. Agar o`shalarning husni seni ajablantirsa ham. Magar qo`lingda mulk bo`lgan (cho`ri) bo`lsa mumkin. Alloh har bir narsani kuzatib turguvchi Zotdir. Ahzob 33:52
Tafsir:
Ey Paygʻambar, bundan keyin nikohingizdagi ayollaringizdan boshqa ayollarga uylanishingiz joiz emas. Garchi husni jamoli sizni maftun etsa-da, ulardan biriga uylanish uchun oʻz ayollaringizdan birini taloq qilishingiz ham halol emas. Qoʻl ostingizdagi choʻrilardan esa hech bir qaydsiz istaganingizcha foydalanishingiz mumkin. Alloh hamma narsani kuzatib turguvchidir. Bu hukm moʻminlar onalarining boshqa ayollardan fazilatliroq ekanini koʻrsatib turibdi. Zero, ularni taloq qilish ham, ularning ustiga uylanish ham man qilindi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahzob • Oyat 51 Keyingi Ahzob • Oyat 53