Ey, iymon keltirganlar! Nabiyning uylariga kirmang. Magar, taomga izn berilganida, uning pishishiga muntazir bo`lmaydigan bo`lib (kiring). Lekin chaqirilsangiz, kiring-da, taomni yeb bo`lishingiz bilan tarqalib keting, gapga berilib, (qolib) ketmang. Albatta, bunday qilishingiz Nabiyga ozor berur. U esa, sizlardan hayo qilardi. Alloh haq(ni aytish)dan hayo qilmaydir. Qachonki ulardan biror narsa so`rasangiz, parda ortidan so`rang. Shunday qilmog`ingiz o`z qalblaringiz uchun ham, ularning qalblari uchun ham pokroqdir. Siz uchun Rasulullohga ozor berish va undan keyin uning juftlarini nikohingizga olishingiz hech qachon mumkin emas. Albatta, bunday qilmog`ingiz Allohning nazdida katta(gunoh)dir.
Al-Ahzab 33:53 ⧉