Sura Ahzob (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 59)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Ahzob(الأحزاب), Oyat 59

يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ قُلْ لِأَزْوَاجِكَ وَبَنَاتِكَ وَنِسَاءِ الْمُؤْمِنِينَ يُدْنِينَ عَلَيْهِنَّ مِنْ جَلَابِيبِهِنَّ ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰ أَنْ يُعْرَفْنَ فَلَا يُؤْذَيْنَ ۗ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَحِيمًا 59 ٥٩

Ey Nabiy, juftlaringga, qizlaringga va mo`minlarning ayollariga ayt: jilboblarini o`zlariga yaqin qilsinlar. Ana o`sha ularning tanilmoqlari va ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir. Alloh o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir. (59)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayollaringizga, qizlaringizga va moʻmina ayollarga aytingki, ustlariga yopinchiqlarini oʻrasinlar! Toki, avratlari begona erkaklarga koʻrinmasin! Mana shu ularning hur ayol ekanini koʻrsatib turadigan va ozor chekmasliklariga sabab boʻladigan eng yaxshi vositadir. Chunki ularni choʻri degan oʻyda biron kimsa tegajogʻlik qila olmaydi. Alloh tavba qiladigan bandalari uchun Magʻfiratli va Mehribon boʻlgan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin