Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahzob — Oyat 59 (Oʻzbekcha) — Video

Ahzob • Oyat 73 dan 59 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ قُلْ لِأَزْوَاجِكَ وَبَنَاتِكَ وَنِسَاءِ الْمُؤْمِنِينَ يُدْنِينَ عَلَيْهِنَّ مِنْ جَلَابِيبِهِنَّ ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰ أَنْ يُعْرَفْنَ فَلَا يُؤْذَيْنَ ۗ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَحِيمًا 59
Tarjima:
Ey Nabiy, juftlaringga, qizlaringga va mo`minlarning ayollariga ayt: jilboblarini o`zlariga yaqin qilsinlar. Ana o`sha ularning tanilmoqlari va ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir. Alloh o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir. Ahzob 33:59
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayollaringizga, qizlaringizga va moʻmina ayollarga aytingki, ustlariga yopinchiqlarini oʻrasinlar! Toki, avratlari begona erkaklarga koʻrinmasin! Mana shu ularning hur ayol ekanini koʻrsatib turadigan va ozor chekmasliklariga sabab boʻladigan eng yaxshi vositadir. Chunki ularni choʻri degan oʻyda biron kimsa tegajogʻlik qila olmaydi. Alloh tavba qiladigan bandalari uchun Magʻfiratli va Mehribon boʻlgan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahzob • Oyat 58 Keyingi Ahzob • Oyat 60