Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ahzab — Oyat 60 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ahzab • Oyat 73 dan 60 • Oʻzbekcha


لَئِنْ لَمْ يَنْتَهِ الْمُنَافِقُونَ وَالَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ وَالْمُرْجِفُونَ فِي الْمَدِينَةِ لَنُغْرِيَنَّكَ بِهِمْ ثُمَّ لَا يُجَاوِرُونَكَ فِيهَا إِلَّا قَلِيلًا 60
Tarjima:
Qasamki, agar munofiqlar, qalblarida marazi borlar va Madinada mish-mish tarqatuvchilar to`xtamasalar, seni ularga qarshi qo`zg`aturmiz. So`ngra ular u(Madina)da senga ozginadan boshqa qo`shni bo`la olmaslar. Al-Ahzab 33:60
Tafsir:
Agar tashida oʻzini musulmon koʻrsatib, ichidagi kufrini yashirgan munofiqlar, shahvatlariga qul boʻlgan dillarida marazi borlar va Madinada gap-soʻz tarqatib yurgan igʻvogarlar tiyilmasalar, albatta Biz sizni ularga qarshi oyoqlantirurmiz. Keyin ular Madinadan haydalib, siz bilan birga tura olmay qolurlar. Tursalar ham juda oz muddat tura olurlar, xolos.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ahzab • Oyat 59 Keyingi Al-Ahzab • Oyat 61