Sura Al-Ahzab (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 7)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Al-Ahzab(الأحزاب), Oyat 7

وَإِذْ أَخَذْنَا مِنَ النَّبِيِّينَ مِيثَاقَهُمْ وَمِنْكَ وَمِنْ نُوحٍ وَإِبْرَاهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ۖ وَأَخَذْنَا مِنْهُمْ مِيثَاقًا غَلِيظًا 7 ٧

Nabiylardan ahdu paymonlarini olganimizni esla! Sendan, Nuhdan, Ibrohimdan, Musodan va Iyso ibn Maryamdan ham. Biz ulardan salmoqli ahdu paymon oldik. (7)

Tafsir
Ey Paygʻambar, eslang! Paygʻambarlardan yolgʻiz Allohga ibodat qilish, Unga hech narsani sherik qilmaslik va oʻzlariga yuborilgan vahiyni odamlarga yetkazish ahdini oldik. Xususan sizdan hamda Nuh, Ibrohim, Muso va Iyso ibn Maryamdan ham shu ahdni oldik. Hammasidan gardanlariga yuklatilgan risolatni odamlarga yetkazish ahdini oldik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin