Nabiylardan ahdu paymonlarini olganimizni esla! Sendan, Nuhdan, Ibrohimdan, Musodan va Iyso ibn Maryamdan ham. Biz ulardan salmoqli ahdu paymon oldik. Al-Ahzab 33:7 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Paygʻambarlardan yolgʻiz Allohga ibodat qilish, Unga hech narsani sherik qilmaslik va oʻzlariga yuborilgan vahiyni odamlarga yetkazish ahdini oldik. Xususan sizdan hamda Nuh, Ibrohim, Muso va Iyso ibn Maryamdan ham shu ahdni oldik. Hammasidan gardanlariga yuklatilgan risolatni odamlarga yetkazish ahdini oldik.