(Buni Alloh) sodiqlardan sadoqatlari haqida so`rash uchun qildi. Va kofirlarga alamli azobni tayyorlab qo`ydi. Al-Ahzab 33:8 ⧉
Tafsir:
Alloh bu ahdni sodiq paygʻambarlardan sadoqati haqida soʻrash va shu bilan kofirlarning burnini yerga ishqash uchun oldi. Alloh paygʻambarlarni va Qiyomat kunini inkor qilgan kofirlarga alamli azobni - jahannam olovini tayyorlab qoʻygan.